Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Markus Reshford 3 mln britaniyalikni bir martadan ovqatlantirishga yetadigan mablag‘ yig‘di

Markus Reshford 3 mln britaniyalikni bir martadan ovqatlantirishga yetadigan mablag‘ yig‘di

Автор: admin

“Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshford koronavirus pandemiyasi paytida muhtoj oilalarga yordam berish uchun mablag‘ yig‘di. Yig‘ilgan pullar 3 million insonni bir martadan ovqatlantirish uchun yetarli bo‘lishi aytilmoqda.
“Bolalar, menda ajoyib yangilik bor! Biz oldimizga iyun oyining oxiriga kelib, Buyuk Britaniyadagi 3 million muhtoj kishini oziq-ovqat bilan ta’minlashni maqsad qilgan edik. Bugun buning uchun kerakli mablag‘ni to‘pladik. Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga katta rahmat.
Hozir men buni nishonlayapman, lekin hali qilinadigan ishlar ko‘p. Ishoning, men Buyuk Britaniyada biron bir bolaning och qolishini istamayman va buning uchun kurashishda davom etaman. Bu 2020-yilgi Angliya, oilalar esa yordamga muhtoj”, — deb yozib qoldirgan Reshford Twitter’dagi sahifasida.
Markus Reshford “Manchester Yunayted” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2016-yildan beri “qizil iblislar”ning asosiy jamoasida to‘p surib keladi. Angliya chempionatining joriy mavsumda u 22 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 14 ta gol va 5 ta assist yozdirib qo‘ydi.
105   
Добавить комментарий
Ваше имя: *