Goal24.uz » Европа жамоалари » Italiya » «Inter» Kavani bilan kelisholmayapti

«Inter» Kavani bilan kelisholmayapti

Автор: admin

«PSJ» hujumchisi Edinson Kavani faoliyatini boshqa klubda davom ettirishga tayyor, ammo faqat yuqori maoshi saqlangan holatda.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, 33 yoshli urugvaylik yangi jamoasi tarkibida 12 mln yevro maosh olishni ko‘zlamoqda.
Futbolchi bilan muzokara o‘tkazayotgan «Inter» bunday qiymatni to‘lashga tayyor emas va uni pasaytirish uchun harakat qilmoqda.
Urugvaylik to‘purarning «PSJ» bilan imzolagan shartnomasi yozda nihoyasiga yetadi va u erkin agent maqomini oladi. 
33 yoshli Kavani xizmatiga «Napoli», «Atletiko», «Flamengo» va «Boka Xuniors» ham qiziqish bildirmoqda.
Bu mavsumda futbolchi «PSJ» tarkibida barcha musobaqalarda 22ta o‘yinda maydonga tushib, 7ta gol urgan va 3ta golga hammualliflik qilgan.


117   
Добавить комментарий
Ваше имя: *