Goal24.uz » Европа жамоалари » Fransiya » «Milan» yetakchisi «PSJ»ga o‘tishga yaqin

«Milan» yetakchisi «PSJ»ga o‘tishga yaqin

Автор: admin

«Milan» himoyachisi Teo Ernandes yangi mavsumdan faoliyatini Fransiyada davom ettirishi kutilmoqda.

Onda Cero’ning xabar berishicha, 22 yoshli himoyachi «Pari Sen-Jermen» klubiga o‘tishga yaqin. Milanliklar ham futbolchini Parij klubiga sotishga qarshi emas.
Qayd etilishicha, parijliklar klubi sport direktori sanalmish italiyalik mutaxassis Leonardo futbolchi bilan moliyaviy jihatlarni kelishib olgan. Teo «PSJ» safini tark etishi kutilayotgan Leyvin Kurzava o‘rnini to‘ldirishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, Ernandes 2019 yilda «Milan» safiga qo‘shilgandi. U oldinroq «Atletiko» va «Real» hamda «Alaves», «Real Sosedad» klublari sharafini himoya qilgan edi. Teo joriy mavsumda A Seriyada 22 o‘yinda maydonga tushib, 5ta golga mualliflik qilgan.


115   
Добавить комментарий
Ваше имя: *