Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » «Real»ning «Eybar»ga qarshi o‘yin uchun taxminiy tarkibi

«Real»ning «Eybar»ga qarshi o‘yin uchun taxminiy tarkibi

Автор: admin

Ispaniya chempionatining 28-turi doirasida «Real» o‘z uyida «Eybar»ni qabul qiladi. Mazkur o‘yin uchun "Qirollik klubi"ning boshlang‘ich tarkibini taxmin qilib ko‘ramiz.

Hozirda Luka Yovich, Mariano Dias va Nachoni inobatga olmaganda, barcha futbolchilar soppa-sog‘. Ammo Zidan uzoq vaqt jarohatdan so‘ng tiklangan Marko Asensio va Eden Azarni darhol "jang"ga tashlamasa kerak. Ularni muhim o‘yinlar uchun ehtiyot qilish kerak.

Fransiyalik mutaxassis ushbu mavsumda asosiy tarkib qaysi o‘yinchilarga ishonayotganidan kelib chiqib, boshlang‘ich tarkib quyidagicha bo‘lishi mumkin:

Darvozabon: Tibo Kurtua;

Himoyachilar: Marselo, Serxio Ramos, Rafael Varan, Dani Karvaxal.

Yarim himoyachilar: Kazemiro, Toni Kroos, Federiko Valverde

Hujumchilar: Karim Benzema, Junior Vinisius, Rodrigo
116   
Добавить комментарий
Ваше имя: *