Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » La Liga. «Xetafe» mehmonda yutqazib qo‘ydi

La Liga. «Xetafe» mehmonda yutqazib qo‘ydi

Автор: admin

Ispaniya chempionatida 28-tur o‘yinlari davom ettirildi. «Granada» mehmoni bo‘lgan «Xetafe» 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi va 4-o‘ringa ko‘tarilib olish imkonini qo‘ldan boy berdi. Avvaliga David Timor «Xetafe»ni oldinga olib chiqqan edi, ammo Karlos Lunaning 9 daqiqa ichida kiritgan ikkita goli «Granada»ga g‘alaba keltirdi.
Bu mag‘lubiyatdan so‘ng «Xetafe»ning ochkolari soni 46taligicha qoldi va jamoa «Real Sosedad» bilan bir xil ochko to‘plab 5-o‘rinda bormoqda. «Granada» esa ochkolari sonini 41taga yetkazib 8-o‘rinda ko‘tarildi.
Ispaniya chempionati, 28-tur
Granada – Xetafe 2:1
Gollar: Luna (70, 79) – Timor (20).
Granada: Ruy Silva, Dias, Xerman Sanches, Duarte, Neva, Errera (Jil Diash, 70), Gonalon (Eteki, 59), Fulke (Viko, 46), Karlos Luna, Machis (Valexo, 85), Soldado (Antonin, 70).
Xetafe: Soriya, Suares, Djene, Echeyta, Olivera, Nom (Ndiaye, 84), Etebo, Timor (Duro, 85), Kukurelya (Kenedi, 78), Deyverson (Anxel Rodriges, 60), Molina.
Ogohlantirishlar: Dias (10), Luna (16), Echeyta (23), Soldado (45), Gonalon (49), Etebo (61), Errera (68), Duro (89), Suares (90), Xerman Sanches (90).


156   
Добавить комментарий
Ваше имя: *