Goal24.uz » Европа жамоалари » Germaniya » Bundesliga. Nagelsman sobiq jamoasini yengdi. Verner gol urolmadi

Bundesliga. Nagelsman sobiq jamoasini yengdi. Verner gol urolmadi

Автор: admin

Germaniya chempionatida 31-tur o‘yinlari boshlandi. Yetakchilar qatorida borayotgan «Leypsig» mehmonda «Hoffenxaym»ni 2:0 hisobida yengdi. Dani Olmoning dubli Yulian Nagelsman shogirdlariga sobiq jamoasi ustida g‘alaba keltirdi.
Bu g‘alabadan so‘ng «Leypsig»ning ochkolari soni 62taga yetdi va jamoa «Borussiya D»dan 1 ochko ortda qolib 3-o‘rinda bormoqda. «Hoffenxaym» esa 43 ochko bilan 7-pog‘onaga joylashgan.
Bundesliga, 31-tur
Hoffenxaym – Leypsig 0:2
Gollar: Olmo (9, 11).
Hoffenxaym: Baumann, Kaderjabek, Posh, Bichakchich, Suber (Skov, 46), Grillich, Samasseku (Kramarich, 46), Baumgartner (Bruun Larsen, 68), Rudi, Gayger (Akpoguma, 81), Dabbur (Bebu, 62).
Leypsig: Gulachi, Anxelino, Xalstenberg, Mukiyele, Klostermann, Laymer (Nkunku, 62), Zabitser (Konate, 78), Kampl (Adams, 68), Olmo (Aydara, 78), Verner, Shik (Lukman, 68).


112   
Добавить комментарий
Ваше имя: *