Goal24.uz » Европа жамоалари » Italiya » «Yuventus» Remsini bir sabab tufayli transferga qo‘yadi

«Yuventus» Remsini bir sabab tufayli transferga qo‘yadi

Автор: admin

«Yuventus» yarimhimoyachisi Aaron Remsi bilan xayrlashmoqchi, deb xabar beradi Daily Mail.
Bunga asosiy sabab –  futbolchining yuqori maoshi. Uelslik xavbek xaftasiga 400 ming funt maosh oladi va Turin klubi rahbariyati koronavirus pandemiyasi davrida bunday xarajatlarni qoplashga tayyor emas. 
Manbaga ko‘ra, «Yuventus» Remsini uning xizmatlariga qiziqayotgan ingliz klublaridan biriga sotish niyatida. Taxmin qilinishicha, ulardan biri «Manchester Yunayted»dir.
Remsi «Yuventus»ga 2019 yili «Arsenal»dan erkin agent sifatida ketib qo‘shilgan. U bu mavsumda  24ta bahsda maydonga tushib, 4ta gol va xuddi shuncha assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.


134   
Добавить комментарий
Ваше имя: *