Goal24.uz » Европа жамоалари » Italiya » Sarri «Milan»ga qarshi bahsdan so‘ng fikrlarini bildirdi

Sarri «Milan»ga qarshi bahsdan so‘ng fikrlarini bildirdi

Автор: admin

«Yuventus» bosh murabbiyi Mauritsio Sarri «Milan»ga qarshi Italiya Kubogi yarimfinalidan so‘ng (0:0) o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 
Ma’lumot uchun, turinliklar safarda (1:1) urilgan gol evaziga finalga chiqishdi. «Yuve» finalda «Napoli» – «Inter» g‘olibi bilan bellashadi. Milanda o‘tgan dastlabki bahsda «Napoli» minimal hisobda g‘alaba qozongan. Javob o‘yini 13 iyun kuni Neapolda bo‘lib o‘tadi.
«Albatta, 3 oylik tanaffusdan so‘ng jamoangizni maydonda ko‘rish ijobiy kayfiyatni uyg‘otadi. Ammo muxlislar yetishmasligi tufayli hammasi avvalgidek emas.
O‘yinning dastlabki 30 daqiqasidan hayron va xursand bo‘ldim. Juda tez harakat qildik va qizil kartochkagacha ham ustunlik qilayotgandik. Shundan so‘ng o‘yin sur’atini pasaytirdik, bo‘sh stadionda bu har doim xavf tug‘diradi. 
Jamoa to‘pga 1-2 teginishda harakat qilib, yaxshi futbol namoyish etdi. Futbolchilar e’tiborni ko‘proq individual harakatlarga qaratishdi. 
Ijobiy jihatdan shuni ta’kidlashim kerakki, biz raqibga umuman o‘yin bermadik. Albatta, formaga qaytishimiz uchun vaqt talab etiladi. Mavsumga tayyorgarlik bilan taqqoslaganda jamoa hozir iyul oyining birinchi yarmidagi saviyada. Karantin mavsumlar oralig‘idan ko‘ra yomonroq. Chunki u ancha uzoq davom etdi. Sabr-toqatli bo‘lishimiz kerak. 
Asosiysi – finalda ekanligimiz. Biz kabi «Napoli» ham o‘z maydoni ustunligini yo‘qotdi. Birinchi o‘yin natijasi ularga ustunlik berishi mumkin, ammo qarama-qarshilik natijasi hali ma’lum emas», – deb Sarrining so‘zlarini keltiradi Football Italia.


126   
Добавить комментарий
Ваше имя: *