Goal24.uz » Европа жамоалари » Italiya » «Breshia» Balotelli va Rayolani sudga beradi

«Breshia» Balotelli va Rayolani sudga beradi

Автор: admin

«Breshia» hujumchisi Mario Balotelli va uning agenti Mino Rayolani sudga berishga tayyorlanmoqda, deb xabar beradi Football Italia.
Avvalroq Rayola klubni kamsitishda ayblangandi. Agentning so‘zlariga ko‘ra, klub Balottellini koronavirus uchun tekshiruvdan o‘tkazmagan. Marioning o‘zi ham buni tasdiqladi. 
Shundan so‘ng «Breshia»ning rasmiy saytida klub Balotelli va Rayolani tuhmat qilgani uchun sudga berishga tayyorligi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. 
Avvalroq rahbariyat hujumchiga jamoadan chetlatilgani to‘g‘risida hujjat yuborgan. Bunga esa futbolchining jismoniy testlardan o‘tishdan bosh tortgani sabab bo‘lgan. Marioning o‘zi esa kasalligi sababli mashg‘ulotlarga kelmaganini aytgan.


111   
Добавить комментарий
Ваше имя: *