Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » Kutilmagan burilish: «Barselona» e’tiborini Mertensga qaratdi!

Kutilmagan burilish: «Barselona» e’tiborini Mertensga qaratdi!

Автор: admin

Kataloniyaning «Barselona» klubi «Inter» hujumchisi Lautaro Martinesga alternativ hujumchi topdi. Kataloniyaliklar argentinalik hujumchi uchun 111 million yevro to‘lash niyatida emas, shu sababli, ular e’tiborini boshqa hujumchiga qaratishmoqda.
Het Nieuwsblad portalining tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, «Barselona» e’tiborini Italiyaning «Napoli» hujumchisi Dris Mertensga qaratmoqda. Belgiyalik hujumchining neapolliklar bilan shartnomasi shu oy o‘z yakuniga yetadi. Shu sababli, «Barselona» Mertensni bepul qo‘lga kiritish niyatida.
Avvalroq, «Napoli» Mertens bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishganligi haqida xabarlar tarqalgandi.

92   
Добавить комментарий
Ваше имя: *