Goal24.uz » Жаҳон » OCHLning qolgan barcha o‘yinlari bitta mamlakatda o‘tadi

OCHLning qolgan barcha o‘yinlari bitta mamlakatda o‘tadi

Автор: admin

Osiyo Chempionlar Ligasining qolgan barcha o‘yinlari bitta mamlakatda o‘tkaziladi. Bu haqda Tribuna.uz manbasi xabar bergan.
Ma’lum bo‘lishicha, OCHLning to‘xtab qolgan 3-turidan boshlab final bahsigacha bitta mamlakatda o‘tkaziladi. O‘ziga xos turnir ko‘rinishida o‘tkaziladigan OCHL bahslari mezbonini aniqlash uchun OFK tomonidan tender o‘tkaziladi.
Belgilangan sharoitlarni taqdim eta oladigan va barcha ishtirokchilar viza borasida muammosiz kira oladigan davlat mezbonlikni qabul qiladi. Viza borasidagi talab Eron va Saudiya Arabistoni kabi mamlakatlarni avtomatik tarzda nomzodlar ro‘yxatidan chiqaradi.
Hozircha Qatar asosiy nomzod sifatida qaralmoqda. Chunki 2022 yil jahon chempionatini qabul qiladigan Qatarga Konfederatsiyalar Kubogi va mundial oldidan o‘zini sinab olishga imkon sifatida OCHLning qolgan o‘yinlarini o‘tkazish huquqi berilishi mumkin. Barcha o‘yinlar muxlislarsiz o‘tkaziladi va OAV vakillari ham cheklangan miqdorda kiritiladi.
Avvalroq OCHL bahslari 14 sentyabrdan boshlanishi va pley-offning barcha uchrashuvlari bitta o‘yindan iborat bo‘lishi aytilgandi. Ma’lumot uchun, OCHLda o‘zbek klublari orasida faqat «Paxtakor» qatnashmoqda. 2-turdan keyin Arveladze jamoasi «V» guruhida yetakchilik qilmoqda.


108   
Добавить комментарий
Ваше имя: *