Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » «Barselona» Valverdening iste’fosi haqidagi mish-mishlarga javob berdi

«Barselona» Valverdening iste’fosi haqidagi mish-mishlarga javob berdi

Автор: admin

«Barselona» Ispaniya Superkubogi yarimfinalida «Atletiko»dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin (2:3) jamoa bosh murabbiyi Ernesto Valverdening iste’fosi borasidagi mish-mishlarga izoh berdi.
Avvalroq jurnalist Joan Mariya Pou 13 yanvar kuni Kataloniya klubi direktorlar kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tishini, unda 55 yoshli murabbiyning kelajagi borasida qaror qabul qilinishi haqida yozgan edi. Lekin «Barselona» direktori Gilermo Amor ispaniyalik mutaxassisning ishdan bo‘shatilishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.
«Biz oldinda turgan uzoq mavsumni davom ettirishimiz kerak. Valverde iste’foga chiqarilmaydi», – deb Amorning so‘zlarini keltiradi Marca.
Ma’lumot uchun, Valverde 2017 yil iyulidan beri «Barselona»ni boshqaradi. Uning boshchiligida kataloniyaliklar ikki bor La Liga g‘olibligini, bir martadan Ispaniya Kubogi va Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritishgan.


127   
Добавить комментарий
Ваше имя: *