Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » «Barselona»ga qarshi bahsda 16 yoshli «yangi Messi» o‘ynashi mumkin

«Barselona»ga qarshi bahsda 16 yoshli «yangi Messi» o‘ynashi mumkin

Автор: admin

«Malyorka» bosh murabbiyi Visente Moreno La liganing 28-turi doirasida bo‘ladigan «Barselona»ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Jumladan, mutaxassis "yangi Messi" deb atalayotgan 16 yoshli Luka Romero haqida o‘z fikrini bildirdi.

«Agar La Liga ruxsat bersa, muammo yo‘q, Luka Romero jamoa safida debyut qilishi mumkin. Men unda ulkan salohiyatni ko‘ryapman. Uning darajasi yuqori», — dedi Moreno.

Luka Romero Meksikada tug‘ilgan bo‘lsa-da, Argentina fuqarosi hisoblanadi. U Argentina U17 jamoasi safida bitta o‘yinda maydonga tushgan.
Manba: sport24.ru

115   
Добавить комментарий
Ваше имя: *