Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » Ertaga "Real"ning qaysi futbolchilari maydonga tusha olmaydi?

Ertaga "Real"ning qaysi futbolchilari maydonga tusha olmaydi?

Автор: admin

"Real" yarim himoyachisi Lukas Vaskes jarohati sabab, "Eybar"ga qarshi bahsda ishtirok etolmaydi.
28 yoshli futbolchi oyoq mushaklarining zo‘riqishi oqibatida bugungi mashg‘ulotlarda qatnashmadi.
Bundan tashqari, La Liga restartidan keyingi dastlabki uchrashuvda Zinedin Zidan jamoasi uchun jarohati tufayli himoyachi Nacho va forvard Luka Yovich maydonga tusholmaydi.
Frantsiyalik mutaxassisning ixtiyorida 22 ta futbolchi qolmoqda va qaydnomaga 23 ta futbolchi kiritilishi mumkin. Bu holatda, Zidan zahira jamoasidan kimnidur qo‘shib olish imkoniga ega bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, "Real" - "Eybar" uchrashuvi 13 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da bo‘lib o‘tadi.


108   
Добавить комментарий
Ваше имя: *