Goal24.uz » Ўзбекистон » Superliga. Avtogol evaziga g‘alaba qozongan «Bunyodkor» uchinchi o‘ringa chiqdi

Superliga. Avtogol evaziga g‘alaba qozongan «Bunyodkor» uchinchi o‘ringa chiqdi

Автор: admin

Uch oylik tanaffusdan so‘ng tiklangan O‘zbekiston Superligasida ilk o‘yin bo‘lib o‘tdi. 4-turning ochilish o‘yinida «Bunyodkor» o‘z maydonida «Qo‘qon-1912»ni 1:0 hisobida yengdi. O‘yindagi yagona golni Bobur Akbarov o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi. Bu g‘alabadan so‘ng «Bunyodkor» ochkolari sonini 9taga yetkazib uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Superliga. 4-tur
«BUNYODKOR» – «QO‘QON-1912» 1:0
Gol: Bobur Akbarov (86, avtogol).

«Bunyodkor»: Abdumavlon Abduljalilov, Islom Qobilov, Anvar G‘ofurov, Dilshod Ahmadaliyev, Jasur Jaloliddinov (Abdulla Abdullayev, 90), Rasul Yo‘ldoshev, Lutfulla To‘rayev, Sanjar Qodirqulov, Nurillo To‘xtasinov, Selim Nurmuradov (Farrux Ikromov, 59), Humoyun Murtazoyev (Shahboz Erkinov, 59).
«Qo‘qon-1912»: Muzaffar Abdullayev, Bobur Akbarov, Suhrob Berdiyev, Quvondiq Ro‘ziyev, Avazxon Mamatxo‘jayev (Hamidullo Abduhamidov, 90), Oybek Rustamov, Aleksandr Merzlyakov, Ivan Yosovich, Filipp Rayevats (Yakubo Bamba, 64), Murod Xolmuhammedov, Shohnazar Norbekov (Otabek Haydarov, 90).


133   
Добавить комментарий
Ваше имя: *