Goal24.uz » Ўзбекистон » Superliga. Grigalashvili sobiq jamoasiga gol urib, OKMKga g‘alaba keltirdi

Superliga. Grigalashvili sobiq jamoasiga gol urib, OKMKga g‘alaba keltirdi

Автор: admin

O‘zbekiston chempionatining 4-turida «Qizilqum» o‘z uyida Olmaliqning OKMK klubini qabul qilib, minimal hisobda mag‘lubiyatga uchradi. E’tiborlisi, navoiyliklar darvozasiga yagona to‘pni  jamoaning sobiq hujumchisi Elguja Grigalashvili kiritdi.
G‘alabadan so‘ng OKMK ochkolarini 8taga yetkazib, 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Qizilqum» esa 1 ochko bilan 12-pog‘onaga joylashgan. 
Superliga, 4-tur
Qizilqum – OKMK 0:1
13 iyun, Navoiy shahri, «Yoshlik» sport majmuasi.

Gol: Grigalashvili (66).
Hakamlar: Ahrol Risqullayev, Sultonmurod Ulfatov, Baxtiyorxo‘ja Shavkatov, Farruh Yansupov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Aleksandr Davidenko
Qizilqum: Artyom Makosin, Abdi Bashimov, Vezirgeldi Ilyasov, Ruslan Margiyev, Alisher Sanoyev, Qadamboy Nurmetov (Doniyor Usmonov, 72), Salim Mustafoyev, Sherali Jo‘rayev, Naveseb Makkartni (Doston Ibragimov, 62), Oleg Tolmasov, Sunnatillo Abdullajonov (Azizbek Usmonov, 90+1).
OKMK: Suhrob Sultonov, Akmal Shorahmedov, Igor Zonich, Sardor Rahmonov, Saydullo Rahmatov, Yovan Jokich, Erkin Baydullayev (Murodjon Toshmatov, 60), Sanjar Tursunov (Dilshod Jo‘rayev, 77), Bahrom Abduraximov (Mirjalol Qosimov, 77), Elguja Grigalashvili (Hojimat Erkinov, 87), Mate Vatsadze (Zafar Polvonov, 60).
Ogohlantirishlar: Sherali Jo‘rayev (24), Igor Zonich (29), Erkin Boydullayev (41), Sardor Rahmonov (45), Abdi Bashimov (72), Alisher Sanoyev (90).



160   
Добавить комментарий
Ваше имя: *