Goal24.uz » Европа жамоалари » Fransiya » Kavani va Tiago Silva «PSJ»ni tark etishadi

Kavani va Tiago Silva «PSJ»ni tark etishadi

Автор: admin

«Pari Sen-Jermen» sport direktori Leonardo himoyachi Tiago Silva va hujumchi Edinson Kavani bilan yangi shartnoma imzolanmasligini ma’lum qildi.
«Kavani va Silva mavsum oxirida «PSJ»ni tark etishadi. Ularning ketishi aniq», — deb Leonardo so‘zlarini keltirmoqda jurnalist Fabritsio Romano.
Bu mavsumda Kavani «PSJ» tarkibida barcha musobaqalarda 22ta o‘yinda maydonga tushib, 7ta gol urgan va 3ta golga hammualliflik qilgan. Uning xizmatiga «Inter» va «Atletiko» qiziqish bildirmoqda.
Tiago Silva bu mavsumda 30ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan va shuncha golga hammualliflik qilgan. Avvalroq uning «Milan»ga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Har ikkala futbolchining shartnomasi muddati 2020 yil 30 iyun kuni yakuniga yetadi.


118   
Добавить комментарий
Ваше имя: *