Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Bu muhim! APL uchrashuvlari qanday o‘tadi?

Bu muhim! APL uchrashuvlari qanday o‘tadi?

Автор: admin

Ma’lum muddatli tanaffusdan keyin dunyo bo‘ylab ko‘plab mamlakatlarda asta-sekinlik bilan futbol o‘yinlarini o‘tkazishga ruxsat berilmoqda. To‘g‘ri, barcha joyda uchrashuvlarning muayyan cheklovlar bilan o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan. Ammo shunday bo‘lsa-da, katta futbolning yana qaytgani barcha muxlislarni birdek quvontirmoqda. Evropadagi bir qator mamlakatlarda bo‘lgani kabi Angliyada ham tez orada mavsum restarti yuz beradi va klublar chempionatni kelgan joyidan davom ettiradilar. Quyida APL uchrashuvlari qanday tartiblar asosida o‘tishi borasida so‘z ketadi.
  • Stadion ichida
Har bir stadion uch hududga bo‘linadi: yashil, sariq va qizil. Butun stadion hududida taxminan 300 kishi bo‘lishi mumkin. Stadion atrofini o‘z ichiga oladigan yashil hudud klub tomonidan nazorat qilinadi. Sariq va qizil hududlar esa bevosita APL vakillarining qat’iy nazoratida bo‘ladi. Sariq hudud – bu odatda ishqibozlar va media joylashadigan hudud sanaladi. Sariq hududga kirish uchun maxsus so‘roq-savollardan o‘tish va tana haroratini o‘lchatish kerak bo‘ladi. Qizil hudud kiyim almashtirish xonalari va tribunaosti binolarini o‘z ichiga oladi. Bu hududga murabbiylar shtabi, «VAR» xodimlari vahokazolar bilan qo‘shib hisoblaganda ko‘pi bilan 110 kishi qo‘yiladi. Qizil hududda ishlaydigan har bir shaxs «klinik pasport» - ya’ni, o‘sha xodimning 5 sutkadan uzoq bo‘lmagan muddat ichida koronavirusga topshirgan tahlili ijobiy chiqqanini tasdiqlovchi maxsus ilova shtrix-kodini taqdim etishi kerak.
  • Logistika
APL rahbarlari klublarga o‘yinlarga samolyotlarda etib kelishni maslahat berishdi. Shu bilan birga klublar ijtimoiy masofa choralariga amal qilish uchun ko‘p odam sig‘adigan samolyotlarga buyurtma berishlari mumkin. Futbolchilar Germaniyadagi bo‘lgani kabi mehmonxonalarda yakkalatib qo‘yilmaydilar.


  • O‘yinoldi tayyorgarlik
Tribunaosti binolariga kirish oldidan futbolchilar o‘zlarining «klinik pasport»larini ko‘rsatishga majburlar. Shundan so‘ng o‘yinchilar to‘ppa-to‘g‘ri kiyim almashtirish xonalariga yo‘l olishadi. Chigalyozdi mashqlarini bajarish uchun maydonga imkoniyatga qarab alohida tonnellardan foydalangan holda shaxmat tartibida chiqish tavsiya qilinadi. Shuningdek, futbolchilar maydonga chiqish chog‘ida va chigalyozdi mashqlardan keyin antiseptik vositalardan foydalanishga majburlar. Agar stadionda faqat bitta tonnel bo‘lsa, u holda birinchi bo‘lib mehmon jamoa chiqadi. Qo‘l berib ko‘rishish taqiqlangan.
  • Uchrashuvlar vaqtida
APL o‘yinchilarga gollarni ijtimoiy masofaga amal qilgan holda nishonlashni, burun qoqmaslikni va tupurmaslikni maslahat bergan. Ammo bu faqat tavsiyalar xolos. Shuningdek, o‘yinchilarga hakamlar bilan tortishuvlarga kirishmaslikka maslahat berilgan. Har bir bo‘lim 1 daqiqalik «suv ichish»ga to‘xtatiladi. Agar stadionda boll-boylar va ishqibozlar bor bo‘lsa, qo‘shimcha to‘plar maydonning chetlaridagi konuslarga joylashtirib chiqiladi. Maydon tashqarisida bir vaqtning o‘zida zaxiradagi 9 o‘yinchidan faqat 3 nafari chigalyozdi mashqlarini o‘tkazishi mumkin bo‘ladi.
  • O‘yindan keyin
Agar ijtimoiy choralarga amal qilinsa, o‘yinchilarga stadionlarda dush qabul qilishga ruxsat berilishi mumkin. Shundan so‘ng futbolchilar bevosita maydonda intervyu berishlari ham mumkin.
165   
Добавить комментарий
Ваше имя: *