Goal24.uz » Европа жамоалари » Germaniya » Bundesliga. Levandovski va Myullersiz «Bavariya» «Borussiya»ni yengib, chempionlikka yaqinlashdi

Bundesliga. Levandovski va Myullersiz «Bavariya» «Borussiya»ni yengib, chempionlikka yaqinlashdi

Автор: admin

Germaniya chempionatining 31-turida «Bavariya» o‘z maydonida Myonxengladbaxning «Borussiya»sini qabul qildi va so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi. O‘yindagi uchala gol ham mezbonlar hisobiga yozildi. Zirkzeye va Goretska raqib darvozasiga to‘p kiritishgan bo‘lsa, Pavar avtogol muallifiga aylandi. Ushbu bellashuvda myunxenliklarga hujumchilar Robert Levandovski va Tomas Myuller yordam bera olishmadi.
Durangdan so‘ng «Bavariya» ochkolarini 73taga yetkazib, 2-o‘rindagi «Borussiya» Dortmunddan 7 ochko oldinda bormoqda. Jamoa keyingi turda g‘alaba qozonsa, muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritadi.  «Borussiya» M esa 56 ochko bilan 4-pog‘onada turibdi.
Bundesliga, 31-tur
Bavariya – Borussiya M 2:1
13 iyun, «Alyans-Arena»
Gollar: Zirkzeye (26), Goretska (86) – Pavar (37, avtogol).
Bavariya: Noyer, Alaba, Boateng, Kimmix, Gnabri, Perishich (Martines, 88), Kyuizans (Koman, 62), Goretska, Ernandes (Devis, 62), Zirkzeye (Vridt, 77).
Borussiya M: Zommer, Elvedi (Yanchke, 46), Bensebayni, Layner, Ginter, Noyhaus, Hofmann, Kramer, Herrmann (Vendt, 70), Tyuram (Embolo 10, Benesh 83), Shtindl.
Ogohlantirishlar: Bensebayni (45), Layner (69).


127   
Добавить комментарий
Ваше имя: *