Goal24.uz » Европа жамоалари » Italiya » Italiya kubogi. Ikkinchi finalchi ham aniq bo‘ldi

Italiya kubogi. Ikkinchi finalchi ham aniq bo‘ldi

Автор: admin

Italiya kubogining finaliga yo‘l olgan ikkinchi jamoa nomi aniq bo‘ldi. "Napoli" va "Inter" jamoalari o‘rtasidagi javob o‘yinida durang qayd etildi. Birinchi o‘yinda g‘alaba qozongan neapolliklar final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuvning 2-daqiqasidayoq "neradzurri" gol urib, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra hisobni tenglashtirib qo‘ydi. Kristian Eriksen burchakdan yo‘llagan aylanma zarbani "Napoli" posboni qaytara olmadi.

Birinchi bo‘limga tugashiga 4 daqiqa qolganida Ospina boshlab bergan hujumni mezbonlar rivojlantirishdi. Insinyening uzatmasidan keyin Mertens juda qulay vaziyatga chiqdi va darvozani ishg‘ol qildi.

Ikkinchi bo‘limda Konte shogirdlari vaziyatni o‘nglash uchun harakat qilishdi. Buning uchun ularga bitta gol yetarli bo‘lardi. Mehmonlar golga tortadigan vaziyatlar yaratishdi. Ammo darvozabon Ospina va mudofaa vakillari yaxshi harakat qilib, durangni saqlab qolishdi.

Shu tariqa, Italiya kubogi finalida "Yuventus" va "Napoli" klublari to‘qnash kelishadi. Hal qiluvchi o‘yin 17 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Italiya kubogi, yarim final, javob o‘yini
Napoli – Inter 1:1 (1:1)
Gollar: 0:1 – 2 Eriksen, 1:1 – 41 Mertens.
Napoli – Ospina, Maksimovich, Kulibali, Di Lorenso, Xyusay, Elmaz (Fabian Ruis, 65), Zelinski (Allan, 85), Insinye (Yunes, 85), Demme, Politano (Kalyexon, 65), Mertens (Milik, 75).
Inter – Xandanovich, Shkrinyar, de Vrey (Ranokkiya, 88), Bastoni, Yang (Biragi, 72), Barella, Brozovich, Kandreva (Mozes, 72), Eriksen (Sensi, 88), Martines (Sanches, 72), Lukaku.
Ogohlantirishlar: Yang (12), de Vrey (38), Ospina (79).
Dastlabki o‘yin — 1:0.

146   
Добавить комментарий
Ваше имя: *