Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » Rakitich «Barselona» safida yubiley uchrashuvini o‘tkazdi

Rakitich «Barselona» safida yubiley uchrashuvini o‘tkazdi

Автор: admin

Ispaniya chempionatining 28-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Malyorka»ga qarshi o‘yinda "Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitich ikkinchi bo‘lim boshidan zaxiradan maydonga tushdi.

Xorvatiyalik futbolchi uchun kechagi bahs "ko‘k-anorranglilar" safidagi 300-o‘yin bo‘ldi. 32 yoshli futbolchining musobaqalar kesimida o‘tkazgan o‘yinlari soni quyidagicha:

La liga — 191,
Chempionlar ligasi — 59,
Ispaniya kubogi  — 39,
Ispaniya superkubogi  — 8,
klublar o‘rtasidagi jahon chempionati — 2
Yevropa superkubogi  — 1ta.

Rakitich "Barsa" safidagi o‘yinlar soni bo‘yicha klub legionerlari orasida 4-natijaga ega. Lionel Messi (719), Dani Alves (391) va Xavyer Maskerano (334) undan ko‘proq o‘yinlarda ishtirok etishgan.

Rakitich 2014 yildan beri «Barselona» sharafini himoya qilib keladi. U klub bilan 13ta sovrinni qo‘lga kiritgan.
Manba: footballhd.ru

112   
Добавить комментарий
Ваше имя: *