Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » «MYU» YECHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, Sulsher qancha mukofot olishi ma’lum bo‘ldi

«MYU» YECHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, Sulsher qancha mukofot olishi ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

"Manchester Yunayted" ushbu mavsum so‘ngida Angliya chempionati jadvalida kuchli to‘rtlikka kirsa, jamoa bosh murabbiyi Ule Gunnar Sulsher yirik miqdorda mukofot oladi.

"The Sun" tarqatgan xabarga ko‘ra, klub Yevropa chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, Sulsherga 1 million funt sterling bonus taqdim etiladi.

Angliya premyer-ligasi qayta boshlanishi oldidan "MYU" jadvalda 5-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa 4-o‘rindagi "Chelsi"dan 3 ochko ortda qolmoqda. Lekin, agar "Manchester Siti"ning diskvalifikasiyasi o‘z kuchida qolsa, klub YECHL yo‘llanmasiga ega chiqishi uchun kuchli beshlikka kirishi yetarli bo‘ladi.

Bundan tashqari, Sulsher jamoasida yana bir qo‘shimcha imkoniyat mavjud. Mankunianliklar Yevropa ligasida g‘olib chiqish orqali Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishlari ham mumkin.
Manba: isport.ua

95   
Добавить комментарий
Ваше имя: *