Goal24.uz » Европа жамоалари » Italiya » Ibrahimovich «Milan»ni tark etishga qaror qildi: u rahbariyat bilan urishib qoldi

Ibrahimovich «Milan»ni tark etishga qaror qildi: u rahbariyat bilan urishib qoldi

Автор: admin

"Milan" hujumchisi Zlatan Ibrahimovich yozda shartnomasi yakunlanganidan keyin Italiyani tark etib, Shvesiyaga qaytishga qaror qildi.

"Gazzetta dello Sport" tarqatgan xabarga ko‘ra, 38 yoshli futbolchi "rossoneri"ning ba’zi rahbarlari bilan tortishuvga borgani uchun shunday qarorga keldi. Jumladan, Zlatan jamoa bosh direktori Ivan Gazidisning ishidan qoniqish hosil qilmayapti. Shvesiyalik futbolchi klubni yaxshi boshqarmagani va maoshlarni qisqartirishga qaror qilgani uchun rahbariyatni tanqid qilgan edi. Shuningdek, Ibrahimovichga klubning rivojlanish rejasi yoqmayapti.

Zlatan 2020 yilning yanvar oyida "Milan"ga o‘tganidan beri 10ta o‘yinda maydonga tushib, 4ta gol urdi va bitta golga uzatma berdi. Shu kunlarda u jamoadan yangi shartnoma borasida muzokara boshlashni talab qilgan edi.
Manba: isport.ua

103   
Добавить комментарий
Ваше имя: *