Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » «Tottenhem»ga qarshi o‘ynagan «Norvich» futbolchisida koronavirus aniqlandi

«Tottenhem»ga qarshi o‘ynagan «Norvich» futbolchisida koronavirus aniqlandi

Автор: admin

«Norvich Siti» klub rasmiy sayti orqali futbolchilaridan birida COVID-19 infeksiyasi aniqlanganligini ma’lum qildi.
BBC’ning yozishicha, «Norvich» koronavirusga chalingan futbolchisi ism-sharifini sir tutayotgan bo‘lsa-da, ushbu futbolchi joriy haftada «Tottenhem»ga qarshi Londonda o‘tgan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushgani ma’lum bo‘ldi. 
APL tomonidan qabul qilingan pandemiya davridagi ehtiyot-choralari reglamentiga binoan, endi butun jamoa emas, faqatgina o‘sha futbolchining o‘zi 7 kunga alohida karantinga olinadi. Bir haftadan keyin takroriy test o‘tkazilib, futbolchida infeksiya aniqlanmasa u yana jamoa safiga qaytadi.
Oldinroq, APL tomonidan o‘tkazilgan koronavirus testi natijasida ikki futbolchida infeksiya aniqlangani haqida xabar berilgandi.
Ma’lumot uchun, Premer-liga 17 iyun kunidan yana davom ettiriladi.


149   
Добавить комментарий
Ваше имя: *