Goal24.uz » Европа жамоалари » Fransiya » «PSJ» sport direktori Messi va Ronalduning o‘rnini qaysi futbolchilar egallashini aytdi

«PSJ» sport direktori Messi va Ronalduning o‘rnini qaysi futbolchilar egallashini aytdi

Автор: admin

«Pari Sen-Jermen» sport direktori Leonardo Neymar va Mbappening keyingi faoliyati haqidagi savolga javob berdi.
«Mbappe va Neymarning yozda jamoamizni tark etishi haqida hech qanday gap bo‘lgani yo‘q. Ularning amaldagi shartnomasi tugashiga yana ikki yil bor. Biz bu futbolchilar borasida kelajakda yana qanday ishlar qilishimiz kerakligi haqida bosh qotirayapmiz. 
 
Mbappe - «PSJ»ning kelajagi. U bilan shartnomani uzaytirish - eng yaxshi yo‘l. Klubda barcha shuni xohlamoqda. Kilian va Neymar allaqachon jahonning eng yaxshi 5 futbolchisi ro‘yxatidan joy olgan. Lionel Messi va Krishtianu Ronalduning 32 va 35 yoshda ekanligini inobatga olsak, jahon futbolida ularning o‘rnini egallaydigan futbolchilar bizda bo‘ladi. Neymar 28, Mbappe 21 yoshda. Bu juda katta imkoniyat. 
Biz vaziyatni qiyinlashtirishni istamaymiz. Neymar va Mbappe bizning katta ustunligimiz. Keyinchalik ham ular bilan birga ishlash yo‘lini topamiz.
Neymarning «Barselona»ga o‘tishi? Biz bu haqda ortiq gaplashmaganmiz. U Parijda baxtli va kelajagini faqat «PSJ»da ko‘rayapti», - deya Leonardoning so‘zlarini keltirmoqda Goal.
Oldinroq, yozgi transfer oynasida Neymarning «Barselona»ga, Mbappening esa «Real»ga o‘tishi haqida xabarlar yangragandi.


132   
Добавить комментарий
Ваше имя: *