Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » London grandlarining e’tibori ispan darvozaboniga tushdi

London grandlarining e’tibori ispan darvozaboniga tushdi

Автор: admin

London shahrining ikki grandi - "Chelsi" va "Tottenxem" "Roma"ning ispaniyalik darvozaboni Pau Lopesga qiziqib qoldi.
Estadio Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, ular 25 yoshli posbonni joriy yozgi transferlar davridayoq sotib olishga tayyor. Aytish kerakki, “aristokratlar” ham, “shporlar” ham Lopesni zaxira darvozaboni sifatida ko‘rmoqda.
Lopes uchun “Tottenxem” begona emas. Boisi, u 2016/17 yilgi mavsumda ushbu jamoada ijara asosida to‘p surgan. U joriy mavsum “Roma” tarkibida jami 34 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 43 ta gol o‘tkazib yubordi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.


116   
Добавить комментарий
Ваше имя: *