Goal24.uz » Европа жамоалари » «Oltin butsa»: Da’vogarlar safida jonlanish yuzaga keldi

«Oltin butsa»: Da’vogarlar safida jonlanish yuzaga keldi

Автор: admin

Yevropa milliy chempionatlarining o‘tgan haftadagi o‘yinlaridan keyin «Oltin butsa» uchun kurashda kichik jonalish kuzatildi.

"Barselona" sardori Lionel Messi "Malyorka"ga qarshi o‘yinda bitta gol urib, La ligadagi gollari sonini 20taga yetkazib oldi. Natijada argentinalik futbolchi o‘zidan oldinda borayotgan Krishtianu Ronalduga yetib olishiga bitta gol qoldi.

Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xoland ham dam olish kunlari bitta golga mualliflik qildi. Natijada uning hisobidagi ochkolar soni 46taga yetdi. U kuchli uchlik sari intilmoqda.

Jadvaldagi yana bir o‘zgarish — Avstriyaning «Volfsberger» klubi hujumchisi Shon Vayssman o‘z gollarini 25taga yetkazib (37,5 ball), jadvalda 8-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

«Oltin butsa» uchun kurashda «Bavariya» forvardi Robert Levandovski yetakchilik qilmoqda. Polshalik futbolchi hisobida 30ta gol (60 ochko) mavjud bo‘lsa, ikkinchi o‘rindagi Chiro Immobile («Lasio») 27ta gol (54 ochko) ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. «Leypsig» a’zosi Timo Verner (25 gol, 50 ochko) kuchli uchlikka kirdi.

«Oltin butsa» uchun kurash jadvali:

1. Robert Levandovski («Bavariya» (Germaniya), 30 gol × 2.0 koef. = 60 ochko);
2. Chiro Immobile («Lasio» (Italiya), 27 × 2.0 = 54);
3. Timo Verner («RB Leypsig» (Germaniya), 25 × 2.0 = 50);
4. Erling Xoland («RB Zalsburg» (Avstriya) / «Borussiya» (Dortmund, Germaniya) — 16 × 1.5 + 11 × 2.0 = 46);
5. Krishtianu Ronaldu («Yuventus» (Italiya), 21 × 2.0 = 42);
6. Lionel Messi («Barselona» (Ispaniya), 20 × 2.0 = 40);
7. Jeymi Vardi («Lester» (Angliya), 19 × 2.0 = 38);
8. Shon Vayssman («Volfsberger» (Avstriya), 25 × 1.5 = 37.5);
9. Kilian Mbappe («PSJ» (Fransiya), 18 × 2.0 = 36);
10. Vissam Ben-Yedder («Monako» (Fransiya), 18 × 2.0 = 36).
Manba: sport24.ru

126   
Добавить комментарий
Ваше имя: *