Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » Serxio Ramos La Liganing eng yaxshi to‘purar himoyachilari ro‘yxatida peshqadamga yetib oldi

Serxio Ramos La Liganing eng yaxshi to‘purar himoyachilari ro‘yxatida peshqadamga yetib oldi

Автор: admin

La Liga 28-turida “Eybar” (3:1) darvozasini ishg‘ol qilgan futbolchining Primeradagi gollari soni 67 taga yetdi. Shu tariqa Ramos “Barselona” sobiq himoyachisi Ronald Kumanning rekordini takrorladi. Niderlandiyalik futbolchidan farqli ravishda Serxio gollarining asosiy qismini penaltidan emas, o‘yindan urgan.
“Real” sobiq himoyachisi Fernando Yerro Ramos va Kumandan ko‘proq gol urgan — 105 ta. Biroq Yerro gollarining asosiy qismini yarim himoyachi pozitsiyasida to‘p surgan vaqtida kiritgan.
La Liganing top-5 to‘purar himoyachilari:
1–2. Serxio Ramos (“Real”) — 67 gol (11 — penaltidan)
1–2. Ronald Kuman (“Barselona”) — 67 (46)
3. Fernando Yerro (“Real”) — 51 (19)
4. Roberto Karlos (“Real”) — 46 (2)
5. Pirri (“Real”) — 45 (16)
Ramos “Real”ga 2005-yilda 27 million yevro evaziga “Sevilya”dan o‘tgan. 34 yoshli futbolchi joriy mavsum Primeraning 25 ta o‘yinida qatnashib, oltita gol muallifiga aylandi va yetti marta sariq kartochka oldi.
113   
Добавить комментарий
Ваше имя: *