Goal24.uz » Европа жамоалари » Italiya » Afsona "Yuventus"da qoladimi?

Afsona "Yuventus"da qoladimi?

Автор: admin

35 yoshli Jorjo Kellini yangi mavsumda ham "Yuventus" safida qolishi mumkin. Bu haqida futbolchi Italiya matbuotiga bergan intervyusi chog‘ida ta’kidlab o‘tdi.
"Agar bu jarohatimni o‘n yil oldin olganimda, buni qabul qilishim oson kechmas edi. Biroq hozir buni engib o‘tish uchun tajriba va kuch topa oldim.
Yana bir mavsum maydonda bo‘lmoqchiman, keyin holatimga qarab keyingi rejalarni ko‘rib chiqaman, balki faoliyatimni "Yuve"da yakunlashim mumkin.
O‘zimni juda yaxshi his qilyapman, imkoni bo‘lsa Evropa chempionatida ham ishtirok etmoqchiman. Terma jamoa safida yosh futbolchilarga o‘z tajribalarimni ulashishga tayyorman", - deydi himoyachi.
2019 yil avgust oyida Kellini jiddiy jarohat olib, mavsumning katta qismini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi.
Joriy mavsumda italiyalik futbolchi A Seriyada 3 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol muallifli bo‘ldi.


122   
Добавить комментарий
Ваше имя: *