Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Sautgeyt Holandning Angliya milliy jamoasida to‘p surish imkoniyatini baholadi

Sautgeyt Holandning Angliya milliy jamoasida to‘p surish imkoniyatini baholadi

Автор: admin

Angliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt «Borussiya» forvardi Erling Holandning tug‘ilib o‘sgan mamlakatida to‘p surish imkoniyatlari haqida gapirdi.
«Holand Angliyaning kichik yoshdagi turli jamoalarda to‘p surganida tabiiyki mening e’tiborimga tushmagandi. Katta futbolga yarq etib chiqqanda esa allaqachon Norvegiyaning kichik yoshli milliy jamoalarida to‘p surishga ulgurgandi. To‘g‘ri, biz iqtidorli yosh futbolchilarni bolaligidan turli yoshdagi jamoalarga jalb qilamiz, ammo aytaylik, Holand Yorkshirda to‘p surib yurgan paytida u biz uchun qiziq bo‘lmagan. 
Qolaversa, Erling Norvegiya o‘smirlar jamoasida ham nisbatan ertaroq borib qo‘shilgan va ularning doimiy e’tiborida turgan. Fikrimcha, futbolchi va uning otasi ancha avval Erlingning qaysi mamlakat uchun to‘p surishini aniq belgilab olgan. Shu bois, Holandni Angliya milliy jamoasiga chaqirishdan ma’no ko‘rmayapman. Biz uning va oila a’zolarining fikrini hurmat qilishimiz kerak. Erling ota-onasi va yaqinlarining vatani bo‘lmish Norvegiyada to‘p surishga sodiq qolgan. 
Fikrimcha, u Angliyani emas, Norvegiya milliy jamoasida o‘ynash qarorini qabul qilib to‘g‘ri qilgan. Oldinroq uning Angliya uchun to‘p surish imkoniyati deyarli yo‘q edi», - deydi Sautgeyt Independent’ga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Erling Holand Angliyaning Lids shahrida tug‘ilgan bo‘lib, Buyuk Britaniya pasportini ikkinchi fuqarolik sifatida olgan.


134   
Добавить комментарий
Ваше имя: *