Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Koutinyo «Liverpul»ga qaytishni istamoqda

Koutinyo «Liverpul»ga qaytishni istamoqda

Автор: admin

"Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutinyo 2018 yilning yozida «Liverpul»dan "ko‘k-anorranglilar" safiga o‘tishini noto‘g‘ri qaror bo‘lgan deya hisoblamoqda.

Shuning uchun u mersisaydliklar safiga qaytishni istamoqda. 28 yoshli futbolchi Yurgen Klopp bilan gaplashdi va o‘zini ortga qaytarish masalasini ko‘rib chiqishni murabbiydan so‘radi.

Braziliyalik futbolchi maoshining kamayishiga ham qarshi emas. Koutinyoning agenti Kia Jurabchian uning transferi ustida ish boshladi, deya xabar tarqatdi "Metro" nashri.

Ammo iqtisodiy inqiroz tufayli "Liverpul"ning uning transferini amalga oshirish va unga yuqori maosh to‘lash uchun yetarli mablag‘ga ega emas. Shu bois, mersisaydlilar Timo Verner transferi uchun kurashda muvaffaqiyatga erisha olishmadi.

Koutinyo 2018 yilning yozida 145 million yevro evaziga «Liverpul»dan «Barselona» safiga o‘tgan edi. Joriy mavsumni u "Bavariya" safida ijarada o‘tkazmoqda.
Manba: football24.ua

104   
Добавить комментарий
Ваше имя: *