Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Fabregas: «Artetaning «Arsenal»dagi vazifasi Lempardning «Chelsi»dagi ishidan qiyinroq»

Fabregas: «Artetaning «Arsenal»dagi vazifasi Lempardning «Chelsi»dagi ishidan qiyinroq»

Автор: admin

«Monako» klubi yarimhimoyachisi Sesk Fabregas Frenk Lempardning «Chelsi» va Mikel Artetaning «Arsenal»dagi faoliyatini taqqosladi.
«Chelsi» Lempardni tayinlab, katta tavakkalga qo‘l urgandi. Sababi Frenk bungacha Chempionshipda murabbiy sifatida faqat ikki mavsum ishlagandi. «Arsenal» ham bosh murabbiy sifatida Artetani tayinlab, xuddi shunday tavakkal qildi. U 10 yil davomida Pep Gvardiola bilan birga ishladi va har bir yosh murabbiy singari alohida faoliyat boshlashga qaror qildi. 
Mikel «Arsenal»da yomon boshlamadi. U «Arsenal»ning aksariyat an’analarini tiklashga ham ulgurdi. Bu murabbiylarning hozirgi holati va sharoitidan kelib chiqsak, Lempardning «Chelsi»dagi ishidan ko‘ra, Artetaga «Arsenal»da qiyinroq bo‘ladi. Qolaversa, Arteta bosh murabbiylik faoliyatini Lempardga nisbatan kechroq boshladi. Shunga qaramay, u «Arsenal»ning boy bergan mavqeini tiklashga erishishiga ishonaman. Keyingi mavsum bu borada hal qiluvchi bo‘ladi», - deya Fabregasning so‘zlarini keltirmoqda The Guardian nashri.
Ma’lumot uchun, Fabregas Londonning «Arsenal» klubida 2003-2011 yillar, «Chelsi»da esa 2014-2019 yillarda faoliyat yuritgan.


110   
Добавить комментарий
Ваше имя: *