Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangililiklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
Parti uchun ajoyib imkon

Londonning “Arsenal” jamoasi “Atletiko Madrid” yarim himoyachisi Tomas Partini o‘z safiga qo‘shib olish maqsadida yarim himoyachiga ajoyib shartnoma taklif qilmoqda.
Taniqli Goal.com nashrining ma’lum qilishicha, “kononirlar” Tomasga Madriddagi maoshidan 3 barobar kattaroq mo‘yana to‘lashga tayyor ekanliklarini rasman ma’lum qilgan.
Manbada yozilishicha, futbolchi o‘zining yakuniy qarorini mavsum yakunlangandan so‘ng, rasman e’lon qiladi.
“M-YU” tanlaydi
 
Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi yozda yaqin 10 yil ichida jamoa markazini kuchaytirishga qodir futbolchi sotib olmoqchi. Bu haqida Daily Star nashri ma’lum qilgan.
Unga ko‘ra, klub “Bayer” yarim himoyachisi Kay Haverts va “Ayaks” a’zosi Doni Van De Bek variantlaridan birini tanlab oladi.
Manbaning ma’lum qilishicha, nemis futbolchisi uchun “qizil iblislar” 100 million yevro tolashi lozim. Gollandiyalik yarim himoyachi uchun 40-60 milliondan voz kechish talab etiladi.
“Lion” va “Yuve”dan «barter»
 
“Yuventus” yarim himoyachisi Bles Matyudi mavsum yakunlangach, klubni tark etishi tobora oydinlashib bormoqda.
“Tuttosport”ning ma’lum qilishicha, “Yuventus” fransiyalik futbolchini “Lion” yarim himoyachsi Ussam Auar bilan ayrboshlash niyatida. Manbada yozilishicha, “Yuve” o‘z futbolchisidan tashqari Auar uchun yana 32 million yevrodan voz kechishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Matyudining klub bilan tuzgan shartmoasi 2021-yilda o‘z yakuniga yetadi. Shu sababli, “Yuve” uni tekinga qo‘ldan chiqarib yubormoqchi emas.
Samedu uchun da’vogar aniq
 
Kataloniyaning “Barselona” jamoasi qanot himoyachisi Nelson Samedu yozda katta ehtimol bilan “Inter” futbolchisiga aylanadi.
Marca nashrining ma’lum qilishicha, Samedu allaqachon shaxsiy shartnoma borasida “Inter” bilan muzokaralar o‘tkazmoqda. Manbaning ma’lum qilishicha, “Barselona” agar Lautaroni sotib olsa, Samedu albatta bonus tariqasida “Inter” safiga borib qo‘shiladi. Agarda argentinalik futbolchidan klub bosh tortsa, “Inter” 20-40 million yevro atrofidagi summani to‘lagan holda Sameduni Milan ko‘chib kelishini ta’minlamoqchi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samedu bilan “Manchester Siti” va “Yuventus” klublari jiddiy qiziqqan, biroq uning katta moash talab qilgani uchun transfer amalga oshmay qolgan edi.
Koutinyo APLga qaytadi
 
Ayni damda ijara asosida “Bavariya” sharafini himoya qilayotgan Filippe Koutinyo yozda APLga qaytishi tobora haqiqatga yaqinlashib bormoqda.
“The Telegraf”ning ma’lum qilishicha, futbolchi Londonning “Arsenal” klubi nishonida turibdi. Ma’lum bo‘lishicha, “kononirlar” braziliyalik futbolchini sotib olish sharti bilan bir mavsumga ijara olishni reja qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Koutinyo bilan bir nechta APL jamoalari qiziqish bildirmoqda.

223   
Добавить комментарий
Ваше имя: *