Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » APL. «Manchester Siti» Londonda «Arsenal»ga imkoniyat qoldirmadi

APL. «Manchester Siti» Londonda «Arsenal»ga imkoniyat qoldirmadi

Автор: admin

Uchrashuv shiddatli tarzda boshlandi. O‘yinning 30 soniyasidayoq mezbonlar hisobni ochishlari kerak edi. Martinelli oldinga o‘tdi, ikki himoyachidan qochib ketdi va jarima maydoniga kirib, darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borgancha zarba berdi. Ederson esa zarbani qaytardi. Oradan 1 daqiqa o‘tib esa Kevin de Bryuyne o‘z imkoniyatidan samarali foydalandi. Jezus chap qanotdan jarima maydoni kirib, orqaroqqa uzatma berdi, belgiyalik futbolchi esa penalti nuqtasi atrofidan zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi — 0:1.

Bahsning 15-daqiqasiga kelib farq ikkitaga oshdi. Kevin de Bryuyne raqibning 3 himoyachisi ta’qibi ostida bo‘layotganiga qaramay chap tomondan jarima maydoniga kirdi va narigi tomonda ochiq turgan Rahimga aniq uzatma berdi. Sterling osonlik bilan darvozani zabt etdi — 0:2.

"Arsenal" bo‘lim davomida hujumkor o‘yin namoyish qildi, ammo uchinchi golni Gvardiola shogirdlari urishdi. Uchrashuvning 40-daqiqasida Kevin de Bryuyne jarima maydoni yarim aylanasi chizig‘i ustidan aniq zarba berib, darvoza burchagini ishg‘ol qildi — 0:3.

Oradan 2 daqiqa o‘tib Kevin de Bryuyne xet-trikni rasmiylashtirishi mumkin edi!Belgiyalik futbolchining jarima maydoni tashqarisidan zarba berganidan so‘ng to‘p darvozabonning qo‘liga biroz tegdi hamda ustunga tegib qaytdi.

Ikkinchi bo‘limda ustunlik asosan mehmonlar tomonida bo‘ldi. Ba’zi vaziyatlarda ular "Arsenal"ni ayadi va hisob boshqa o‘zgarmadi.

Ushbu g‘alabadan keyin "Manchester Siti" o‘z ochkolarini 35taga yetkazdi va endi 2-pog‘onadagi "Lester"dan 4 ochko ortda qolmoqda. "Liverpul" esa "shaharliklar"dan 14 ochko oldinda ketmoqda...
232   
Добавить комментарий
Ваше имя: *