Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » APL stadionlarni «qizil», «sariq» va «yashil» hududlarga ajratdi

APL stadionlarni «qizil», «sariq» va «yashil» hududlarga ajratdi

Автор: admin

Angliya Premer-Ligasida mavsumni davom ettirishga tayyorgarlik ko‘rilyapti.
Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash choralaridan kelib chiqib, stadionlar «qizil», «sariq» va «yashil» hududlarga ajratiladi.
«Qizil» hududga stadion darvozasi, kiyinish xonasi, texnik hudud, tunnel va futbol maydoni kiradi. Unda o‘yinga 5 kun qolganda koronavirus testi topshirgan va natijasi manfiy bo‘lgan ko‘pi bilan 110 odam bo‘lishiga ruxsat beriladi. Stadionning o‘zida umumiy hisobda 300 odamdan ortiq bo‘lishi taqiqlanadi.

O‘yinga otlanishdan oldin barcha futbolchilar, murabbiylar va xodimlar koronavirus testini topshirishi va kasallik alomatlari haqida xabar berishlari shart. Klubning transport vositasi dezinfeksiya qilinishi, futbolchilar esa ijtimoiy masofani saqlashi lozim.
Stadionga yetib kelgan jamoalar ijtimoiy masofani saqlashi, futbolchilarni to‘planib qolishining oldini olishi, navbati bilan maydonga chiqishi va qo‘l berib ko‘rishishdan saqlanishi lozim.


171   
Добавить комментарий
Ваше имя: *