Goal24.uz » Ўзбекистон » Dilyaver Vaniyev “Surxon”ga qarshi o‘yin haqida: “Natijadan qoniqmadim”

Dilyaver Vaniyev “Surxon”ga qarshi o‘yin haqida: “Natijadan qoniqmadim”

Автор: admin

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 4-turidan o‘rin olgan “Surxon” va “Mash’al” jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng ikkala jamoa murabbiylari uchrashuv haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Uzoq tanaffusdan so‘ng jamoalarning o‘yin tempiga kirishib ketishi qiyin bo‘lmoqda. Ikkita to‘p o‘tkazib yuborganimiz juda ham alamli bo‘ldi, lekin yigitlar o‘zlarida kuch topdi, shu boisdan bir ochkoni qo‘lga kiritdik. Bugungi uchrashuvni tahlil qilib, xulosa chiqaramiz.
“Mash’al” tartibli jamoa sanaladi. Afsuski, qarshi hujumlarda ko‘p gol o‘tkazib yuboryapmiz. Ushbu xatolarni tahlil qilib, ularni bartaraf etamiz.
Futbolchilar 3 oy davomida individual mashg‘ulotlar olib bordi. Baribir professional futbolchi yakka tartibda shug‘ullangani bilan jamoaviy mashg‘ulot o‘tkazmagan. 12 kun jamoaviy mashg‘ulotlar olib bordik, xolos. Shu bois futbolchilarning sport formasida emasligi tabiiy hol”, — dedi so‘ng mezbonlar ustozi Bahrom Haydarov.
“Mash’al” katta murabbiyi Dilyaver Vaniyev esa voha derbisi haqida quyidagi fikrlarni bildirdi:
“O‘yin jihatdan raqibdan ustun bo‘ldik, ammo natijadan umuman qoniqmadim. O‘ylashimcha, o‘yin jihatidan raqibdan ustunlik qildik, uchrashuv so‘nggida esa mezbonlar bosimni oshirishdi. Standart vaziyatlardan foydalana olmadik. Legionerlar? Umuman olganda, ularning o‘yinlaridan qoniqdim”.
Mazkur natijadan keyin “Mash’al” ochkolarini 5 taga yetkazib, 7-o‘rindagi “Navbahor”ga yetib olgan bo‘lsa, “Surxon” 11-pog‘onadagi o‘rnini saqlab qoldi.
145   
Добавить комментарий
Ваше имя: *