Goal24.uz » Жаҳон » FIFA Trampning AQSH milliy jamoasi o‘yinlari ko‘rishdan bosh tortganiga munosabat bildirdi

FIFA Trampning AQSH milliy jamoasi o‘yinlari ko‘rishdan bosh tortganiga munosabat bildirdi

Автор: admin

FIFA AQSH prezidenti Donald Trampning milliy jamoa o‘yinlarini ortiq tomosha qilmasligi haqidagi e’loniga munosabat bildirdi. 
Eslatib o‘tamiz, Trampning bunday qarorga kelishiga sabab AQSH futbol federatsiyasi (USSF) futbolchilarga davlat madhiyasi yangrayotganda tiz cho‘kib o‘tirishga ruxsat berganidir. Tiz cho‘kib o‘tirish irqiy kamsitish va politsiyachilarning zo‘ravonligiga qarshi norozilik belgisi sanaladi. AQSHda qoratanli fuqaro Jorj Floyd o‘ldirilganidan so‘ng shunday noroziliklar davom etmoqda. 
«FIFA bunday muhim masalalarni muhokama qilishda bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat va tushunishni qo‘llab-quvvatlaydi. FIFA futboldagi har qanday kamsitishga chiday olmaydi. Biz hammamiz irqchilik va zo‘ravonlikka qarshi bo‘lishimiz kerak», – deydi Associated Press.


102   
Добавить комментарий
Ваше имя: *