Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » Zinedin Zidan “Eybar”ga qarshi o‘yin haqida: “Ikkinchi bo‘limda nimadir xato ketdi”

Zinedin Zidan “Eybar”ga qarshi o‘yin haqida: “Ikkinchi bo‘limda nimadir xato ketdi”

Автор: admin

“Bu umuman boshqa futbol, lekin biz moslashishga majburmiz. Ikkinchi bo‘lim qiyin kechdi. Bu jismoniy holatga bog‘liqmi, yo‘qmi bilmayman. Lekin nimadir noto‘g‘ri ketdi. Birinchi bo‘limni ko‘ngildagidek o‘tkazgandik.
Ushbu uch ochko juda muhim edi. Oldinda hali yana 10 ta o‘yinimiz bor.
Ehtimol, hisob 3:0 bo‘lishi ham mumkin edi, boisi birinchi bo‘limda hamma narsa a’lo darajada edi. Balki, futbolchilar bo‘shashib ketgandir. Karvaxal to‘pig‘ida muammolarga duch kelgani, Ramos o‘zini noqulay his qilgani va Azar uzoq vaqt o‘ynamagani uchun almashtirishlar qilishga majbur bo‘ldik, ammo o‘yin almashtirishlar tufayli o‘zgarib ketdi deb o‘ylamayman.
Hujumchilarning gol ura olmayotgani meni xavotirga solmayapti, bizda o‘yin taqdirini hal qiladigan o‘yinchilar bor. Azar o‘zi ham gol urishi mumkin edi, ammo u juda to‘g‘ri harakat qildi va to‘pni Ramosga oshirdi”, — deydi Zidan.
Ushbu g‘alabadan keyin Madrid klubi ochkolari sonini 59 taga yetkazib oldi. Peshqadam “Barselona” bilan oradagi farq 2 ochkoni tashkil qilmoqda. Chempionat yakunlanishiga esa 10 ta tur qolgan.
96   
Добавить комментарий
Ваше имя: *