Goal24.uz » Ўзбекистон » Kanchelskis Jasur Jaloliddinov haqida: Uni “Navbahor”ga ham taklif qilishdi, biroq 300 ming yevro — juda qimmat

Kanchelskis Jasur Jaloliddinov haqida: Uni “Navbahor”ga ham taklif qilishdi, biroq 300 ming yevro — juda qimmat

Автор: admin

“Bu futbolchini bizga ham taklif qilishdi, biroq biz 18 yoshli futbolchiga bu qadar ko‘p pul to‘lay olmaymiz. 300 ming yevro so‘rashdi, bu juda ko‘p. O‘ylashimcha, u hali O‘zbekiston chempionati darajasidan o‘tgani yo‘q. U hali qotishi va et olishi kerak.
Hozir Jasurga Rossiya chempionatiga kirishib ketish qiyin bo‘ladi — bo‘yi uzun bo‘lmagan, chaqqon oyoq va aqlga ega yigit. Avvallari qanot hujumida paydo bo‘lardi, asta-sekin jamoa asosiy tarkibiga kirib bormoqda. Yomon emas, qobiliyat nishonalari bor, ammo u hali shu yerda biroz o‘ynashi kerak.
Yevropaning top-60 iqtidor egalari safiga kira oladimi? Bunday deya olmayman. Uning bir nechta o‘yinini kuzatdim, u Italiyada ko‘rikdan o‘tib keldi, biroq ularga to‘g‘ri kelmadi. Ketishiga hali erta, yigitcha atrofida juda ko‘p ajiotaj bo‘lmoqda.
“Lokomotiv” yangi bosqichda. Navbatdagisi. Bu xabarlar haqiqatmi yoki yo‘q, bilmayman. Agar bu futbolchi ularni qiziqtirib qo‘ygan bo‘lsa, u holda bu transfer uchun pulni albatta topishadi”, — deydi Kancheslkis.
Avvalroq “Bunyodkor”ning 18 yoshli futbolchisiga “Lokomotiv”dan qiziqish borligi va “temiryo‘lchilar” yosh iqtidor egasi uchun 450—500 ming yevrodan voz kechishga tayyorligi haqida xabar qilingandi. Angliyaning The Guardian nashri 2019-yilda Jasurni jahonning eng yaxshi yosh futbolchilar top-60 ligiga kiritgandi.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi dekabr oyida Italiyaning “Benevento” klubi ko‘rigida bo‘lib qaytgandi.
146   
Добавить комментарий
Ваше имя: *