Goal24.uz » Жаҳон » Ana xolos! Argentinaning eng nomdor jamoasi WhatsApp orqali o‘ziga yangi futbolchi qidiryapti

Ana xolos! Argentinaning eng nomdor jamoasi WhatsApp orqali o‘ziga yangi futbolchi qidiryapti

Автор: admin

Argentinaning “River Pleyt” klubi yangi futbolchilarni qidirish bo‘yicha noodatiy selektsiya o‘tkazishga qaror qildi.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, klub ushbu jamoada o‘ynashni xohlovchilarga o‘zlari ishtirok etgan rasmiy uchrashuvlardan olingan videolavhalarni WhatsApp messenjeri orqali yuborishni so‘ragan. Ushbu usul juda tez ommalashib ketdi va klubga 75 kun ichida 7 mingdan ortiq video kelib tushdi. Natijada, ular orasidan 40 tasi tanlab olindi.
“River Pleyt” sport direktori Gustavo Grossining so‘zlariga ko‘ra, ushbu loyiha ustida 14 kishi ish olib bormoqda.
Ma’lumot uchun, “River Pleyt” 35 karra Argentina chempioni hisoblanadi.


97   
Добавить комментарий
Ваше имя: *