Goal24.uz » Европа жамоалари » Italiya » Zlatanning yangi jamoasi ma’lum

Zlatanning yangi jamoasi ma’lum

Автор: admin

Shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibragimovich faoliyatini o‘z vatanida davom ettirishi kutilyapti. Bu haqda italiyalik jurnalist Nikolo Skira o‘zining tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 38 yoshli shvetsiyalik futbolchi “Xammarbyu”ga ko‘chib o‘tadi. Aytish lozimki, Zlatan ushbu klubning aktsiyadorlaridan biri hisoblanadi. Ushbu transfer A Seriyada mavsum yakunlangach amalga oshirilishi mumkin.
Yanvar oyida “Milan”ga ko‘chib o‘tgan Ibragimovich o‘tgan davr ichida Italiya chempionatida 8 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.


115   
Добавить комментарий
Ваше имя: *