Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » Beyl va Zidan o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanmayapti

Beyl va Zidan o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanmayapti

Автор: admin

«Real» hujumchisi Garet Beyl va bosh murabbiy Zinedin Zidan o‘rtasidagi munosabatlar hamon yaxshi emas.
Marca xabariga ko‘ra, klub rahbariyati bundan xabardor va munosabatlarning yaxshilanishini imkonsiz deb hisoblamoqda.
«Real» Beylning xizmatidan voz kechishga shoshilmayapti. Futbolchining o‘zi ham jamoani tark etmoqchi emas. Ammo Zidan bilan munosabatlarning yomonligi futbolchiga ham, jamoaga ham foyda keltirmasligi aniq.
Garet 2013 yildan beri «Real» sharafini himoya qilyapti. Uning shartnomasi 2022 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfer qiymati 32 mln yevroga baholanyapti.
Bu mavsumda Beyl La Liga doirasida 15ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan va shuncha golga hammualliflik qilgan.


97   
Добавить комментарий
Ваше имя: *