Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » The Times: «MYU» «Barselona» futbolchisi uchun 150 million yevro taklif qildi

The Times: «MYU» «Barselona» futbolchisi uchun 150 million yevro taklif qildi

Автор: admin

«Manchester Yunayted» klubi «Barselona» xavbeki Anssumane Fatini sotib olishga jiddiy kirishgan. 
The Times nashrining yozishicha, manchesterliklar Kataloniya klubiga Fati uchun 150 million yevro taklif qilgan. Biroq «Barselona» rahbariyati moliyaviy qiyinchiliklariga qaramay, 17 yoshli futbolchisini o‘z tarkibida saqlab qolishga qaror qilgan. Fatining shartnomadagi tovon puli 170 millionni tashkil etadi.
Shuningdek, futbolchiga «Nyukasl», «Monako», «Nitssa» va Dortmundning «Borussiya» klubi ham da’vogarlik qilmoqda.
Oldinroq, «MYU» Fati uchun «Barsa»ga 100 million yevro taklif qilgani, biroq Kataloniya klubi taklifni rad etgani haqida xabar berilgandi.
Ma’lumot uchun, Fati joriy mavsumda La Liga doirasida 16 o‘yinda maydonga tushib, 4ta golga mualliflik qilgan.


95   
Добавить комментарий
Ваше имя: *