Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Gvardiola: «Manchester Siti» har 3-4 kunda o‘yin o‘tkazishga tayyor emas»

Gvardiola: «Manchester Siti» har 3-4 kunda o‘yin o‘tkazishga tayyor emas»

Автор: admin

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola APL 28-turining «Arsenal»ga qarshi qoldirilgan o‘yini oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Ertaga jamoamizning hozirgi darajasi qanday ekanligini ko‘ramiz. Barcha klublarda tayyorgarlik uchun uch hafta vaqt bo‘ldi. Bu vaziyatdan hamma bir xil aziyat chekdi. Klublar hozirgi sharoitlarga tezroq ko‘nikishlariga to‘g‘ri keladi.
Ochig‘ini aytsam, bitta o‘yin o‘tkazishga tayyormiz, ammo har 3-4 kunda to‘p surishga tayyor emasmiz. Har o‘yinda tarkibda katta o‘zgarishlar qilishga to‘g‘ri keladi. Qo‘l ostimdagi bor futbolchilarning barchasiga imkoniyat beraman.
«Arsenal»ga qarshi o‘yinda Mikel Arteta bilan uchrashuvni intizorlik bilan kutayapman. U hayotimda uchratgan eng qadrdon do‘stlarimdan biri. U biz haqimizda barcha narsani biladi», - deydi Gvardiola.
Ma’lumot uchun, «Manchester Siti» - «Arsenal» uchrashuvi 17 iyun, chorshanba kuni o‘tkaziladi.


128   
Добавить комментарий
Ваше имя: *