Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » Messi La Ligada amalga oshirilgan penaltilar soni bo‘yicha 2-o‘ringa chiqib oldi

Messi La Ligada amalga oshirilgan penaltilar soni bo‘yicha 2-o‘ringa chiqib oldi

Автор: admin

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatining 29-turidan o‘rin olgan «Leganes»ga (2:0) qarshi bahsda penaltidan to‘p kiritdi.
Bu 32 yoshli futbolchining La Ligada penaltidan urgan 56-golidir. Argentinalik ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha «Real» va «Atletiko»ning sobiq hujumchisi Ugo Sanchesga yetib oldi. Bu borada yetakchi «qirollik klubi»ning yana bir sobiq forvardi Krishtianu Ronaldudir. U Ispaniya chempionatida 262ta bahsda maydonga tushib, 61 bor 11 metrlik jarimadan to‘p kiritgan. Messi hisobida esa La Ligada 476ta o‘yin mavjud.
Bu mavsumda Messi «Barselona» safida barcha turnirlar doirasida 33ta o‘yin o‘tkazib, 26ta gol urdi va 18ta golga hammualliflik qildi.


128   
Добавить комментарий
Ваше имя: *