Goal24.uz » Европа жамоалари » Germaniya » Haverts qaysi klubga o‘tmoqchiligi ma’lum

Haverts qaysi klubga o‘tmoqchiligi ma’lum

Автор: admin

«Bayer» yarimhimoyachisi Kay Haverts «Real»ga o‘tishni maqsad qilgan, deb yozadi Sportbuzzer.
Manbaga ko‘ra, futbolchi La Ligani APLdan ma’qul bilmoqda va «qaymoqranglilar»ning germaniyalik yarimhimoyachisi Toni Kroosni o‘ziga namuna sifatida ko‘rmoqda.
«Real» allaqachon birinchi taklifni yuborgan, ammo rad javobini olgan. «Bayer» xavbekni 100 mln yevroga baholamoqda, Madrid klubiga esa bu narx qimmatlik qilmoqda.
21 yoshli Haverts bu mavsumda «Bayer» safida 39ta o‘yinda maydonga tushib, 15ta gol urgan va 8ta golga hammualliflik qilgan.


122   
Добавить комментарий
Ваше имя: *