Goal24.uz » Европа жамоалари » Ispaniya » Messi faoliyatidagi 699-golini urdi. Faoliyatini davom ettirayotgan futbolchilar orasida undan ko‘proq gol urgan faqat bir futbolchi bor

Messi faoliyatidagi 699-golini urdi. Faoliyatini davom ettirayotgan futbolchilar orasida undan ko‘proq gol urgan faqat bir futbolchi bor

Автор: admin

Argentinalik futbolchi uchrashuvning ikkinchi bo‘limida penaltini aniq amalga oshirib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi. Bu Messi uchun faoliyatidagi 699-gol bo‘ldi (shulardan 629 tasi “Barselona” safida, 70 tasi esa Argentina terma jamoasi tarkibida).
Bundan tashqari, Messi La Ligadagi 56-penaltisini aniq amalga oshirdi va ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘ringa chiqib oldi, birinchi pog‘onani 61 aniq penalti bilan Krishtianu Ronaldu egallab turibdi.
Messi joriy mavsumda Ispaniya chempionatining 24 uchrashuvida maydonga tushib, 21 ta gol urgan va 14 ta golga hammualliflik qilgan.
Qayd etish joiz, faoliyatini hamon davom ettirayotgan futbolchilar orasida Messi gollar soni bo‘yicha faqat Krishtianu Ronaldudan ortda qolmoqda. Ronaldu hozirgacha 725 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
134   
Добавить комментарий
Ваше имя: *