Goal24.uz » Европа жамоалари » Italiya » Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida ilk bor ketma-ket 2 marta finalni boy berdi

Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida ilk bor ketma-ket 2 marta finalni boy berdi

Автор: admin

2020-yilgi Italiya Kuboginining final uchrashuvida“Napoli” “Yuventus”ni mag‘lubiyatga uchratib, kubokni qo‘lga kiritdi. Uchrashuv Rimdagi “Olimpiko” stadionida bo‘lib o‘tdi.
Bellashuvning asosiy vaqtida darvozalarga to‘p kiritilmadi. Ikkinchi bo‘lim tugashi bilan penaltilar seriyasiga ruxsat berildi. Unda esa “Napoli” futbolchilari omadliroq bo‘lib chiqdi – 4:2.
Bungacha “Yuventus” mamlakat Superkubogi uchun kechgan bahsda “Latsio”ga yutqazib qo‘ygandi (1:3).
Ma’lumot o‘rnida, Ronaldu 2018-yilning yozida “Real”dan 117 million yevro evaziga Turin klubiga ko‘chib o‘tgan. Uning “Yuventus” bilan shartnomasi 2022-yilning yozigacha amal qiladi.
Qayd etish joiz, “Yuventus” ketma-ket ikkinchi mavsum Italiya Kubogini qo‘lga kirita olmadi. Turinliklar 2018/19-yilgi mavsum kubok bahslarining 1/4 finalida “Atalanta”ga yutqazib, musobaqadan erta chiqib ketgandi. Ungacha esa “Yuventus” ketma-ket 4 marta musobaqa g‘olibi bo‘lgan (2014/15, 2015/16, 2016/17, 2017/18).
126   
Добавить комментарий
Ваше имя: *