Goal24.uz » Европа жамоалари » Italiya » Sarri Ronalduga nima yetishmayotganini aytdi

Sarri Ronalduga nima yetishmayotganini aytdi

Автор: admin

«Yuventus» bosh murabbiyi Maurisio Sarri Italiya kubogining finalida «Napoli»ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yin (0:0, penaltilar bo‘yicha — 2:4) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Klub, o‘yinchilar va ishqibozlarimizning hafsalasi pir bo‘ldi. Lekin ayni paytda bundan ortig‘ini qila olmaymiz. Bizga tezkorlik yetishmayapti. To‘pni yaxshi nazorat qilyapmiz, lekin tajovuzkor bo‘la olmayapmiz. Shuning uchun to‘p nazoratini xavfli vaziyatlarga aylantira olmayapmiz. Ba’zi futbolchilar xizmatidan foydalana olmaganim uchun boshqacha qaror qabul qilishga to‘g‘ri keladi. Chunki jismoniy tayyorgarligimiz optimal holatda emas.

O‘z pozisiyasini egallagan raqib futbolchilaridan o‘tib ketishimiz qiyin bo‘lyapti. Vaholanki, bu ishni odatda yaxshi bajarar edik. Bizga intiluvchanlik yetishmadimi? Bunday deb o‘ylamayman. Chunki 90 daqiqa davomida konsentrasiyani yo‘qotmadik.

Ronaldu? U boshqa o‘yinchilar, masalan, Dibala va Kosta kabi bir xil formada. O‘z ishini yaxshi bajarishi uchun unga keskinlik yetishmayapti.

O‘yindan keyin futbolchilar bilan ko‘p gaplashmadik. Ular kabi mening ham kayfiyatim tushib ketgan edi. Bunday palla sukut saqlagan ma’qul. Ertaga gaplashganimiz yaxshi», — dedi Sarri.
Manba: sport24.ru

110   
Добавить комментарий
Ваше имя: *