Goal24.uz » Ўзбекистон » O‘zbekiston mezbonlik qiladigan U19 Osiyo chempionatiga qur’a tashlandi

O‘zbekiston mezbonlik qiladigan U19 Osiyo chempionatiga qur’a tashlandi

Автор: admin

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi qarorgohida 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi qit’a chempionatiga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi.
Qur’a natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston U19 yoshlar milliy jamoasi Eron, Indoneziya va Kamboja bilan bir guruhdan joy oldi.
Turnir reglamentiga ko‘ra, guruhda 1 va 2-o‘rinni egallagan jamoalar pley-offga chiqishadi. Eng yaxshi 4ta jamoa 2021 yilda Indoneziyada o‘tkaziladigan U20 jahon chempionatiga yo‘l oladi. Qo‘shimchasiga Indoneziya yoshlar milliy jamoasi ham mezbon sifatida musobaqada ishtirok etadi. 
U19 Osiyo chempionati 14-31 oktyabr kunlari O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Osiyo chempionati U19
O‘zbekiston – 2020
14 – 31 oktyabr

A guruhi
O‘zbekiston
Indoneziya
Kamboja
Eron
B guruhi
Janubiy Koreya 
Yaponiya
Iroq
Bahrayn
C guruhi
Saudiya Arabistoni 
Avstraliya
Vetnam
Laos
D guruhi
Qatar 
Tojikiston
Malayziya
Yaman


173   
Добавить комментарий
Ваше имя: *